Statistik ma'lumotlarga ko'ra, dasturiy ta'minotni ishlab chiqishga buyurtmalarning aksariyatini mahalliy mutaxassislarga chet ellik mijozlardan kelib tushadi, va deyarli barcha mijozlar ingliz tilida muloqot qilishni afzal ko'rishadi. Shuning uchun har bir IT mutaxassisi ingliz tilini mukammal darajada egallashi, to'siqsiz ravon so’zlashishi lozim.
Python o'quv qo'llanmasini to'liq o'qib chiqdingiz deb tasavvur qilamiz, ammo ushbu bilimlarni amalda sinab ko'rmadingiz. Siz darhol sifatli dastur yaratishingiz mumkinmi? Ehtimol, yaratgan dasturingiz xatolar bilan ishlaydi. Ushbu tilda oqilona dastur yaratishni o'rganishingiz uchun esa, juda ko'p mashqlar talab etiladi.
Shuning uchun bizning o'qituvchilarimiz, ularning ba'zilari xalqaro IT-tashkilotlari bilan hamkorlik qilib, ingliz tili sohasidagi muammolaringizni tezda hal qilishga yordam beradilar.
Siz o'qituvchiga oilangiz, sevimli mashg'ulotingiz haqida gapirmaysiz, ya’ni, darslarda faqatgina IT sohasida faoliyat yuritish uchun zarur bo'lgan mavzulargagina vaqt ajratiladi.
Barcha o’quv markazlarimizda, o’z ishining ustalari, IT sohasidagi xalqaro tajribaga ega professional mutaxassislar faoliyat yuritadi. Ularni, ambitsiya hamda doimiy ravishda, mijozlar kutganidan yuqori bo’lgan talablar darajasi o’zaro birlashtiradi.
IT-Passport sertifikatlash tizimi bo'lib, u o’quvchi tajribali mutaxassis bo’lish yoki bo’lmasligidan, mavjud ko’nikmalarni rivojlantirishidan qat’iy nazar, IT mutaxassislari orasida ajralib turish imkoniyatini yaratadi. Sertifikatlashtirish dasturiga qarab, sertifikat olish uchun bir yoki bir necha imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tish lozim. Sertifikatlash imtihonlaridan muvaffaqqiyatili o’ting va IT-Passport bo’yicha sertifikatlangan mutaxassis maqomini qo'lga kiriting.